
Toşkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida bir vaqtning özida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari taşkil etildi.

Bugun, 1-may kuni Toşkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti Yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari Ş.E.Begmatov, fakultet tyutorlari hamda talabalari Adiblar xiyoboniga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida ta'balarga atrofliça ma'lumotlar berildi. Adibning şe'rlari tinglanib unda qöllanilgan badiiy san'at usullari muhokama qilindi. Talabalar tomonidan şoirning şe'rlari yod olinib, tadbir söngida bahrubayt taşkil etildi. Şe'riyatga ixlosmand yoşlar uşbu bahrubaytda faol iştirok etib, tadbir qizğin tus olişiga sabab böldilar.

Adiblar xiyobonida talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topişlari uçun aqlni çarxlovçi şaxmat-şaşka, badminton hamda milliy qadriyatlarimizni özida mujassam etgan arqon tortiş sport turlari böyiça musobaqalar taşkil etildi.
Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi taşabbuslarning amalga oşirilişi talaba-yoşlarning nafaqat jismonan çiniqişi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bölgan qiziqişlarining oşişiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalişiga xizmat qiladi.
