Hisobot konsert
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talaba-yoşlari iştirokida “Toşkent bitiruvçi va talaba-yoşlar” loyihisi doirasida Adiblar hiyobonida hisobot konsert dasturi bölib ötdi.
Unda “Lazgi” ansambli sozandalari hamda iste’dodli san’atkorlar Rohila Rözimova, Dilşod Armon, Iroda Iskandarova, Nazokat Jabborova, Xurşid Sobirov, Dilfuza Qobilova, Uluğbek Xöjayev, Dilnoza Ataxöjayeva, Feruz Normatov öz qöşiqlari bilan iştirok etişdi.

Har bir san’atkorning ijrosi talabalar tomonidan olqişlab turildi. San’atkorlarning ijrolaridan zavqlangan talabalar mazza qilib raqsga tuşişdi.
Ma’lumot berib borayotganimizdek, “Toşkent bitiruvçi va talaba-yoşlar” loyihisi doirasida FTTI da “Harbiy vatanparvarlik musobaqalari”, “Talaba-yoşlar Gastronomik va pazandaçilik festivali”, “Talaba-yoşlar hayotiga boğliq media loyihalar tanlovi” taşkil etildi.
Konsert davomida institutning yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari Yusupova Nigora Erkinovna ana şu tadbirlarning ğoliblarini taqdirladi.
Adiblar xiyobonida, sevimli şoiramiz Zulfiyaxonim haykali poyida taşkil etilgan uşbu tadbir barçaga birdek manzur böldi.
Tomoşabinlar safiga hatto xorijlik mehmonlar va sayr qilib yurgan yurtdoşlarimiz ham qöşilib, şöxçan qöşiqlardan bahramand böldilar.