Adiblar xiyobonida şukuhli tadbir taşkil etildi

28.05.2024232

    Adiblar xiyobonida hisobot konserti taşkil etildi

        

    Poytaxtimizda joylaşgan Adiblar xiyobonida Özbekiston Milliy universiteti tomonidan talaba-yoşlarni kitob mutolaasiga jalb etiş, badiiy savodxonlik darajasini oşiriş orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan hisobot konserti taşkil etildi.

    “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida ötkazilgan mazkur tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbirda universitet rahbariyati, Yozuvçilar uyuşmasi vakillari, yozuvçi-şoirlar, Erkin Vohidov oila a’zolari, san’at va madaniyat fidoyilari, professor-öqituvçilar, talaba-yoşlar, şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

      

    Dastlab universitet rahbariyati va tadbir mehmonlari Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov haykali poyiga gulçambar qöyilib, atoqli adib xotirasiga çuqur ehtirom körsatildi. Talaba-yoşlarga şoir ijodiy mahorati, yuksak insoniy fazilatlari haqida mahorat darsi taşkil etildi.