Adiblar xiyobonida “Vatan madhi qalblarda mangu” mavzusida hisobot konserti ötkazildi

29.05.2024364

    Adiblar xiyobonida “Vatan madhi qalblarda mangu” mavzusida hisobot konserti ötkazildi

    Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topşiriği ijrosini ta’minlaş maqsadida Adiblar xiyobonida “Vatan madhi qalblarda mangu” mavzusidagi hisobot konserti bölib ötdi. Uşbu tadbir Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida taşkil etildi.

      

    Tadbirni Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimi Abduhalil Mavrulov, Madaniyat vaziri örinbosari Murodjon Majidov, Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid hamda ÖzDSMI rektori Nodirbek Sayfullayev oçib berib, uşbu badiiy keça milliy madaniyatimiz va adabiyotimizni yoşlarimizga yetkazişda muhim qadam bölişini, atoqli adiblarimizning hayoti va ijodini yoşlarga tanitiş, ularni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalaş oliygohning asosiy maqsadlaridan biri ekanligini ta'kidladi. Şu bilan birga, Adiblar xiyobonini yoşlar uçun doimiy gavjum va fayzli maskanga aylantiriş ularni milliy merosimiz bilan taniştiriş hamda talabalarning ma’naviy olamini boyitişga xizmat qilişi aytib ötildi.

      

    Konsertning asosiy maqsadi atoqli adiblarimiz hayoti va ijodini yoşlar orasida keng tarğib qiliş, ularning merosini abadiylaştiriş va xiyobonni yoşlar bilan doimiy gavjum bölgan maskanga aylantirişdan iborat. Badiiy keçada institut professor-öqituvçilari, maşhur xonandalar va iqtidorli talabalar iştirokida milliy kuy-qöşiqlar ijro etildi. Şuningdek, Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub şe'rlar öqildi va turli sahna körinişlari namoyiş etildi.

      

    Tadbir yoşlar uçun katta ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bölib, ularga atoqli adiblarimizning boy merosini yanada yaqinroq tanitiş imkonini berdi.

    Hisobot konserti Adiblar xiyobonini yoşlar uçun ma'naviy va madaniy maskanga aylantiriş yölida muhim qadam böldi.