ADABIYOT BILIMDONLARI ESTAFETASI
Poytaxtimiz körkiga körk qöşayotgan “Adiblar xiyoboni” nafaqat taşqi körinişi, öziga xos landşafti, balki ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy ahamiyati bilan ham qadrli va ardoqli. Albatta, milliy adabiyotimizning şu maskanda nomlari zikr etilgan yirik namoyandalari, atoqli ziyolilarimiz hamda ma’rifatparvarlarimizning hayot yöli, ijodi, ölmas merosi hozirgi va kelajak avlod uçun ulkan ibrat maktabidir. Xöş, talaba yoşlarimiz Mahmudxöja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Aldulhamid Çölpon kabi jadid mutafakkirlarimiz, qolaversa, Ogahiy, Furqat, Oybek, Abdulla Qahhor, Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf va boşqa taniqli ijodkorlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy xazinadan neçoğli xabardor?

“Köhna va boqiy Buxoro” madaniy markazida institutimiz talabalari iştirokida ötgan “Bilimlar estafetasi”da xuddi şu jihatga alohida urğu berildi. Aynan “Adiblar xiyoboni”da monumentlari örnatilgan atoqli ziyolilarimiz ijodi böyiça zukkolik körigiga BuxTRBIning yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi mutasaddilari hamda fakultet dekanlarining yoşlar bilan işlaşga mas’ul örinbosarlari boş-qoş böldilar.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruği ijrosi uçun uyuştirilgan uşbu tanlov qizğin hamda döstona ruhda ötdi. Öquv dargohimizning turli yönalişlarida tahsil olayotgan yoşlardan iborat jamoalar köplab ijodkorlar hayoti va adabiy faoliyati böyiça bilimlarini namoyiş qilib, özaro kuç sinaşdilar.
Bellaşuv natijalariga köra, ğoliblik “Çölpon”, 2-örin “Jadidçilar”, 3-örin esa “Behbudiy izdoşlari” jamoasiga nasib etdi.
