Adiblar xiyoboni çinakam şe’riyat va ijod maydoniga aylandi desak mubolağa bölmaydi. Bu yerda talabalar tomonidan aytilgan dil tortar şe’rlar xiyobonni yanada gözal maskanga aylantirdi.

Sayohat davomida talabalar Alişer Navoiy haykali atrofidan joy olgan 20 dan ziyod Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Çölpon, Qodiriy, Tölepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari buyuk ajdodlarimiz va bobokalonlarimiz, taniqli şoir va yozuvçilarimiz, tariximizda öçmas iz qoldirgan davlat arboblarining haykallariga hurmat bajo keltirişdi.
