
Adiblar xiyobonida özbek adabiyoti asosçilaridan biri Muqimiy haykali qoşida madaniy-ma’rifiy tadbir va sport musobaqalari ötkazildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi, filologiya fanlari doktori Maftuna Ğafforova, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, Yoşlik jurnali boş muharriri, adib Nurilla Çori, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi a’zosi şoir Muhammad Siddiq va Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Tadbir avvalida Muqimiy xotirasiga ehtirom körsatilib, haykali poyiga gul qöyildi. Şuningdek, taklif etilgan mehmonlar sözga çiqib, Muqimiy ijodi haqida talaba-yoşlarga ma’lumotlar berdi. “Iqtisodçi yulduzlar” aşula va raqs ansambli iştirokçilari tomonidan jonli ijroda Muqimiy ğazallari bilan qöşiqlar kuylandi. Madaniy ma’rifiy tadbirlarni taşkil etiş va san’at bölimi boşliği, şoir Bobur Bobomurod sözga çiqib universitetda adabiyot va san’atga qiziqişi baland bölgan yoşlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berib ötdi.

Tadbirning badiiy qismidan söng sport musobaqalariga start berildi. Sportning armrestling, stol tennisi va arqon tortiş turlari böyiça musobaqalar ötkazilib, unda talaba yoşlar faol iştirok etişdi.
Ğolib talabalar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
