Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Özbek adabiyoti yulduzlari” nomli medialoyihani taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Uşbu loyiha doirasida mustaqillikning dastlabki davrida ijod qilgan, milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qöşgan ijodkorlar hayoti va ijodi keng yoritiladi.
Bunda ilmiy-ijodiy guruh şakllantirilib, ijodkorlarning adabiy merosini çuqur örganiş, ularning asarlari va faoliyati haqida maxsus ekspozitsiyalar taşkil etiş közda tutilgan. Şu jumladan, adiblarning ijodi va hayot yöli aks etgan videoroliklar tayyorlanib, ularning asarlari, şaxsiy buyumlari va boşqa muhim eksponatlar namoyiş etiladi.
